Scarlett SC-SI30K06 dazmoli ixcham dizayn va ancha taassurotli funksionallikni o'zida mujassam etadi. Puxta o'ylangan shakldagi keramik tagligi tufayli u qiyin yetiladigan joylarga tez va to'siqsiz yetib borib, tugmalar va choklar orasidagi matoni tekislaydi. Suv purkash funksiyasi haddan tashqari quritib yuborilgan mato qismlari uchun ayni muddaodir.
Kiyimlarga estetik ko'rinish berish uchun ularni ilmoqdan yechishga shoshilmang – Scarlett SC-SI30K06 dazmoli vertikal bug'lash rejimiga ega. 145 g/min intensivlikdagi kuchli bug' zarbasi murakkab fakturali matolarni puxta parvarishlash imkoniyatini ta'minlaydi. O'z-o'zini tozalash tizimi begona qatlamlarni tezkorlik bilan bartaraf etadi. 2 m uzunlikdagi tarmoq shnuri korpusga maxsus sharnir orqali mahkamlangan bo'lib, bu uning uzluksiz aylanishini ta'minlaydi hamda buralib qolishi va ezilishiga yo'l qo'ymaydi.