Sotuv qoidalari
-
Umumiy qoidalar
- Umumiy qoidalar ИП ООО DNS GLOBAL (ИНН 312372987) tegishli bo‘lgan www.dns-shop.uz Internet-do‘konida tovarlarni sotishning ushbu Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — „Qoidalar“) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining „Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining „Elektron tijorat to‘g‘risida“gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining „Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida“gi Qonuniga, shuningdek masofaviy savdoni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Internet-do‘kon orqali Tovar va Xizmatlarning chakana oldi-sotdi tartibini belgilaydi.
- Foydalanuvchi o‘zining muomala layoqatiga egaligini hamda ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan bitimlarni tuzish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan yoshga yetganligini tasdiqlaydi.
- Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishda Tovarni mutlaqo tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy, oilaviy, uy-ro‘zg‘or va boshqa maishiy ehtiyojlar uchun sotib olayotganligini tasdiqlaydi.
- Xaridor va Sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qoidalari qo‘llaniladi.
- Xaridor www.dns-shop.uz saytida Buyurtmani rasmiylashtirish paytigacha ushbu Qoidalar mazmuni, shuningdek Internet-do‘kon Saytida ko‘rsatilgan boshqa shartlar, shu jumladan Tovar narxlari, yetkazib berish va qaytarish shartlari bilan tanishib chiqish majburiyatini oladi.
- Xaridor Internet-do‘konda Buyurtmani rasmiylashtirish orqali ushbu Qoidalar bilan tanishganligi faktini tasdiqlaydi, ushbu Qoidalarning barcha shartlari o‘ziga tushunarli ekanligini kafolatlaydi hamda ushbu Qoidalarga to‘liq va so‘zsiz roziligini bildiradi.
-
Xaridor tomonidan buyurtmaning rasmiylashtirilishi
- Xaridorning Buyurtmasi Internet tarmog‘i orqali faqat www.dns-shop.uz Saytida (keyingi o‘rinlarda – „Sayt“) rasmiylashtirilishi mumkin.
- Buyurtma Sotuvchining Saytdagi katalogida ko‘rsatilgan Tovar va Xizmatlar uchun rasmiylashtirilishi mumkin.
- Buyurtma Xaridor tomonidan Sotuvchining Saytidagi elektron Buyurtma shaklini to‘ldirish orqali rasmiylashtiriladi.
- Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor tomonidan quyidagilar ko‘rsatiladi:
- bog‘lanish telefon raqami (majburiy);
- elektron pochta (mavjud bo‘lsa).
- Xaridor Buyurtmani qabul qilib olish usulini Sotuvchi tomonidan taklif etilganlar orasidan tanlash huquqiga ega.
- Buyurtmani qabul qilib olishning „Olib ketish“ (Samovivoz) usuli tanlanganda, Xaridor Sotuvchi tomonidan taklif etilgan do‘konlar/berish punktlaridan birini tanlashi mumkin.
- Yetkazib berish xizmatiga buyurtma berish uchun Xaridor zaruriy ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi:
- yetkazib berish manzili (shahar, ko‘cha, uy raqami va h.k.) — yetkazib berish imkoniyati Buyurtma rasmiylashtirilayotganda belgilanadi;
- qavat;
- liftning mavjudligi;
- yetkazib berishning istalgan sana va vaqti — Xaridor taklif etilgan intervallardan birini tanlashi mumkin.
- Xaridor tomonidan boshqa xizmatlar sotib olingan taqdirda, Sotuvchi Xaridordan xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish huquqiga ega.
- Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirish orqali ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini tasdiqlaydi hamda bunday ma’lumotlarni taqdim etish orqali uchinchi shaxslarning huquqlarini buzmayotganligini kafolatlaydi.
- Xaridor tomonidan tovar aksiya bo‘yicha sotib olingan taqdirda, aksiya shartlari tomonlar uchun oldi-sotdi shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi.
-
Sotuvchi tomonidan buyurtmaning tasdiqlanishi
- Saytda rasmiylashtirilgandan so‘ng, Sotuvchi Xaridor tomonidan yuborilgan Buyurtmani 3 (uch) ish kunigacha bo‘lgan muddatda qayta ishlaydi.
- Sotuvchi Xaridorni Buyurtma raqamini, shuningdеk Buyurtmaning tayyor bo‘lish sanasi va saqlash muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda Buyurtma tasdiqlanganligi haqida xabardor qiladi.
- Xaridor Buyurtma raqami ko‘rsatilgan xabarnomani olganidan keyin Buyurtma tasdiqlangan hisoblanadi. Buyurtma tasdiqlangunga qadar masofaviy oldi-sotdi shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
- Buyurtmani tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, Sotuvchi uni rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida bekor qilish va bu haqda Xaridorni xabardor qilish huquqiga ega.
- Buyurtmaning bir qismini tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, Sotuvchi bu haqda Xaridorni xabardor qilish va Buyurtmani qisman tasdiqlash huquqiga ega.
- Sotuvchi bir tomonlama tartibda bitta buyurtmadagi tovar pozitsiyalari sonini, bitta buyurtma summasini, shuningdek bitta manzilga bitta Xaridorga yuboriladigan buyurtmalar sonini cheklash huquqiga ega.
- Sotuvchi Xaridorning to‘lanmagan Buyurtmasini sabablarini tushuntirmasdan bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
-
Buyurtma o'lovi
- Tovar/Xizmat narxi Internet-do‘konda tegishli Tovar/Xizmat nomi yonida ko‘rsatiladi.
- Tovar/Xizmatlar narxi o‘zbek so‘mida (UZS) ko‘rsatiladi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni o‘z ichiga oladi.
- Internet-do‘kondagi Tovar/Xizmat narxi Buyurtma tasdiqlanguniga qadar Sotuvchi tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin. Buyurtma tasdiqlangandan keyin narx o‘zgartirilishi mumkin emas.
- Buyurtma uchun haq to‘lash Buyurtmani rasmiylashtirish paytida ham, u tasdiqlangandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
- Xaridor tomonidan Buyurtma uchun haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda (UZS) amalga oshiriladi..
- Buyurtma uchun haq to‘lashning mumkin bo‘lgan shakli Sotuvchi va Xaridor o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmasligi kerak.
- Buyurtma uchun haq to‘lash Xaridorning tanloviga ko‘ra quyidagi usullardan biri orqali amalga oshirilishi mumkin:
- Buyurtmani qabul qilib olishning „Olib ketish“ (Samovivoz) usuli tanlanganda, haq to‘lash quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- qabul qilib olish paytida — naqd pul mablag‘lari, bank kartasi, sovg‘a kartasi (agar berish punktida mavjud bo‘lsa) orqali.
- Buyurtmani qabul qilib olishning „Olib ketish“ (Samovivoz) usuli tanlanganda, haq to‘lash quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Sotuvchi Xaridorga haq to‘lashning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa usullarini taklif qilish huquqiga ega.
-
Buyurtmani qabul qilish
- Buyurtmaning tayyor bo‘lish sanasi Sotuvchi tomonidan Buyurtma rasmiylashtirilayotganda belgilanadi.
- Sotuvchi Xaridorning Buyurtmasini Buyurtma rasmiylashtirilayotganda ko‘rsatilgan saqlash muddati davomida saqlash majburiyatini oladi. Belgilangan muddatda Buyurtmaning qabul qilib olinmasligi Xaridorning oldi-sotdi shartnomasidan voz kechganligi hisoblanadi va Buyurtmani bekor qilish (annulatsiya qilish) uchun asos bo‘ladi. Agar qabul qilib olinmagan Buyurtma uchun oldindan haq to‘langan bo‘lsa, pul mablag‘lari Xaridorga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qaytariladi.
- Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor Buyurtmani qabul qilib olishning mavjud usullaridan istalgan birini tanlash huquqiga ega: o‘zi olib ketish (samovivoz) yoki yetkazib berish.
- O‘zi olib ketish (Samovivoz)
- Buyurtmani o‘zi olib ketish usuli orqali berish Buyurtma rasmiylashtirilayotganda taklif etilgan do‘konlar/berish punktlarining istalgan birida amalga oshiriladi.
- Sotuvchi Xaridorga Buyurtma o‘zi olib ketish uchun tayyor bo‘lganligi haqida xabarnoma yuborish majburiyatini oladi.
- Sotuvchi Xaridorning telefon raqamiga yuborilgan kod yordamida Xaridorning shaxsini aniqlash (identifikatsiya qilish) huquqiga ega.
- Xaridor kodning saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va uni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas.
- Kod yo‘qolgan taqdirda, Sotuvchi Xaridorning telefon raqamiga yangi kodni qaytadan yuborishi mumkin. Oxirgi yuborilgan kod amaldagi kod hisoblanadi.
- Koddan faqat bir marta foydalanish mumkin.
- Agar kod aytilmasa yoki noto‘g‘ri aytilsa, Sotuvchi Buyurtmani berishni rad etish huquqiga ega.
- Yetkazib berish
- Yetkazib berish Xaridor tomonidan tanlangan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
- Sotuvchi kurerning kelishi haqida Xaridorni u yetib kelishidan kamida bir soat oldin xabardor qiladi.
- Yetkazib berish Xaridor tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha amalga oshiriladi.
- Yetkazib berish transport vositalari harakatlanishi uchun yaroqli bo‘lgan kirish yo‘llari mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
- Xaridor tovarni yuqoriga olib chiqish uchun sharoitlarni ta’minlash majburiyatini oladi (liftning mavjudligi yoki qo‘lda olib chiqishga ruxsat berilganligi).
- Buyurtma kirish eshigi ostonasigacha olib kiriladi. Agar tovarning o‘lchamlari uni ichkariga olib kirishga imkon bermasa, tovar kirish joyida topshiriladi.
- Xaridor Tovarning tashqi ko‘rinishi, qadoqlanishi, soni va butligini (komplektligini) tekshirishi shart.
- Buyurtmani qabul qilib olishda Xaridor kuzatuv hujjatlarini imzolaydi:
- tovar cheki;
- transport yuk xati yoki berish naryadi (bitta nusxa Xaridorda qoladi, bitta nusxa — Sotuvchida).
- E’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, Xaridor Buyurtmani qabul qilib olishdan voz kechish huquqiga ega.
- Xaridor bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmaganda yoki u Tovarni qabul qilib olishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, Sotuvchi Buyurtmani bekor qilish huquqiga ega.
- Yetkazib berish Sotuvchi tomonidan yoki jalb etilgan yetkazib berish xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
- Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor O‘zbekiston Respublikasining „Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida“gi Qonuniga asosan, Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini yetkazib berishda ishtirok etayotgan uchinchi shaxslarga topshirishga haqli ekanligini tasdiqlaydi.
- Sotuvchi Xaridorga yetkazib berish jarayoni haqida xabarnomalar yuborish huquqiga ega.
-
Kafolat majburiyatlari va tomonlarning javobgarligi
- Sotib olingan Tovarga kafolatli xizmat ko‘rsatish tartibi Sotuvchining Saytida ko‘rsatiladi.
- Tovarni ayriboshlash va qaytarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining „Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“gi Qonuni bilan belgilanadi va Saytda ko‘rsatiladi.
- Buyurtma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmasdan kafolatli xizmat ko‘rsatish uchun murojaat qilingan taqdirda, Sotuvchi bunday ma’lumotlarni tekshirish kodi (verifikatsiya kodi) orqali tiklash huquqiga ega.
- Oldi-sotdi shartnomasi bilan bog‘liq e’tirozlar Sotuvchining manziliga yozma shaklda yuboriladi.
- To'grilab bo‘lmas holatlar (fors-major) yuzaga kelganda, tomonlar majburiyatlarni bajarish javobgarligidan ozod etiladilar.
- Sotuvchi Tovardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelgan zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
- Sotuvchi Xaridorning xatolari yoki uchinchi shaxslarning harakatlari tufayli yuzaga kelgan Xaridorning ko‘rgan zararlari, ziyonlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
-
Xabarnomalar
Agar ushbu Qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, xabarnomalar Xaridorga istalgan aloqa vositalari, shu jumladan SMS va elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
-
Boshqa shartlar
- Tomonlarning o‘zaro munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasining „Elektron raqamli imzo to‘g‘risida“gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining „Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida“gi Qonuniga muvofiq oddiy elektron imzo (OEI) bilan imzolangan elektron hujjatlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
- Sotuvchi ushbu Qoidalarga bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
- Qoidalarning amaldagi versiyasi www.dns-shop.uz Saytida joylashtiriladi.
- Qoidalardagi biron-bir bandning haqiqiy emasligi (yuridik kuchga ega emasligi) qolgan bandlarning haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.