Almashtirish, qaytarish va kafolat

Maxsulot ko'rsatilgan sifati

E’tiboringizni qaratamiz, assortimentimizning asosiy qismini maishiy maqsadlardagi texnik jihatdan murakkab tovarlar (elektronika, fotoapparatlar, maishiy tehnika va h.k.) tashkil etadi.

Ko‘rsatilgan tovarlar tegishli sifatdagi tovar sifatida almashtirilmaydi, agar ular tegishli sifatda bo‘lsa va ularda nuqsonlar mavjud bo‘lmasa.
Jismoniy do‘kondan sotib olingan tegishli sifatdagi bunday tovarlarni qaytarib berish ko‘zda tutilmagan.

QO‘SHIMCHA — Faqat onlayn-xaridlar / masofaviy shartnomalar uchun

www.dns-shop.uz sayti orqali onlayn tarzda sotib olingan tovarlar uchun O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida ko‘zda tutilgan maxsus huquq amal qiladi:

Tovar qabul qilib olingan kundan tashqari, 10 kalendar kuni ichida hech qanday sabablarni ko‘rsatmasdan tegishli sifatdagi tovarni qaytarishdan bosh tortish huquqiga egasiz.

Sotuvchi quyidagi paytdan boshlab 10 kun ichida pul mablag‘larini qaytarishi shart:

  • — voz kechish to‘g‘risidagi bildirishnoma olinganidan kiyn;
  • — tovar qaytarilganidan keyin.

Ushbu huquq quyidagi hollarda amal qiladi, agarda:

  • — tovar ishlatilmagan bo‘lsa;
  • — tovarning ko‘rinishi (tovar ko‘rinishidagi holati) saqlanib qolgan bo‘lsa;
  • — tovar to‘liq butlangan (komplekt) bo‘lsa;
  • — qadoqlanishi saqlangan bo‘lsa (agar u tovar ko‘rinishining bir qismi hisoblansa).

Tovarni qaytarib bo‘lmaydi, agarda tovar:

  • — individual (shaxsiy) buyurtma asosida tayyorlangan bo‘lsa;
  • — «gigiyenik» toifadagi tovarlarga mansub bo‘lsa;
  • — xaridor tomonidan shikastlangan bo‘lsa;
  • — sifatni tekshirish doirasidan tashqari darajada (ortiqcha) ishlatilgan bo‘lsa;
  • — faollashtirilgan/ulangan bo‘lsa (texnik jihatdan murakkab tovarlarning bir qismi uchun).

Maxsulot ko'rsatilgan sifati qoniqarsiz

Agar siz sotib olgan mahsulotda nuqson aniqlansa, siz «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan talablardan birini oʻz tanlovingizga koʻra taqdim etishga haqlisiz.

Buning uchun eng yaqin doʻkonga ИП ООО DNS GLOBAL (ИНН 312372987) murojaat qilishingiz yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan shartlarga muvofiq elektron ariza yuborishingiz mumkin.

Kafolat xizmati va tovarda nuqsonlar aniqlanganda iste’molchining huquqlari

Agarda siz sotib olgan tovar tegishli sifatda bo‘lmagan (nuqsonli) bo‘lib chiqsa, iste’molchi sotuvchidan quyidagi harakatlardan birini talab qilish huquqiga ega:

  • — nuqsonni bartaraf etishni;
  • — tovarni bepul ta’mirlashni;
  • — tovarni shunga o‘xshash (analogik) tovar bilan almashtirishni;
  • — xarid narxini unga mutanosib ravishda kamaytirishni;
  • — oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni va to‘langan pul summasini to‘liq qaytarishni.

Tovarni bepul ta’mirlash yoki almashtirish iste’molchining birlamchi huquqlari hisoblanadi. Sotuvchi ushbu talablarni quyidagi hollarda bajarishi shart, agarda:

  • — ta’mirlash yoki almashtirish tovarning tabiatiga ko‘ra imkonli bo‘lsa;
  • — talabni bajarish mkoni bo'lmagan darajada katta yoki haddan tashqari ko‘p xarajatlarni talab qilmasa.

«Bepul ta’mirlash yoki almashtirish» barcha tegishli xarajatlar (jumladan, etkazib berish, jo‘natish, logistika, materiallar va mutaxassislar ishi) sotuvchi tomonidan to‘liq qoplanishi tushuniladi.

Ta’mirlash yoki almashtirish tovarning xususiyati va uni sotib olish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, iste’molchiga sezilarli noqulayliklar tug‘dirmasdan, qulay muddatda amalga oshirilishi lozim.

Iste’molchi xarid narxini kamaytirishni yoki oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqiga ega, agarda quyidagi asoslardan birontasi mavjud bo‘lsa:

  • a) ta’mirlash yoki almashtirishning imkoni bo‘lmasa;
  • b) sotuvchi qulay muddatda nuqsonni bartaraf etmagan yoki tovarni almashtirib bermagan bo‘lsa va xaridorning shartnomaga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan bo‘lsa;
  • d) ta’mirlash yoki almashtirish iste’molchi uchun sezilarli noqulayliklar tug‘dirsa.

Agarda tovarning nuqsoni ahamiyatsiz (kichik) bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishni talab qilish huquqiga ega emas.

Ta’mirlash yoki almashtirish xarajatlarining mutanosib bo‘lmagan yoki haddan tashqari ko‘p ekanligini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

  • — tovarning soz holatdagi narxi;
  • — tovarning shartnoma shartlariga nomuvofiqlik darajasi;
  • — nuqsonni iste’molchiga sezilarli noqulaylik tug‘dirmasdan bartaraf etish imkoniyati.

Ko‘p beriladigan savollar

Kafolat qaysi hollarda amal qilmaydi?

  • Qurilmadagi nosozlik «Foydalanuvchi yo‘riqnomasi»da bayon etilgan undan foydalanish, tashish va saqlash qoidalarining buzilishi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa.
  • Qurilmada asl (original) seriya raqami yo'q bo'lsa, shikastlangan yoki uni o‘qish imkoni bo'lmasa.
  • Qurilmada zavod yoki kafolat muhrlari (plombalari) hamda yorliqlari (stikerlari) mavjud bo‘lmasa yoki ularga shikast yetkazilgan bo‘lsa.
  • Qurilmani ta’mirlash, unga texnik xizmat ko‘rsatish yoki uni modernizatsiya qilish ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan vakolat berilmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa.
  • Qurilmadagi nuqsonlar undan foydalanish davomida yetkazib berish to‘plamiga kirmaydigan yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan birgalikda ishlatish uchun tasdiqlanmagan dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida kelib chiqqan bo‘lsa.

Xarid cheki yo‘qolgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Albatta, xarid chekini saqlab qo‘yishga harakat qiling. Bu kafolat bo‘yicha murojaat qilganingizda vaqtingizni tejashga yordam beradi.
Agarda chek yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, u holda:

  • — tovarni qachon va qayerda sotib olganingizni (aniq yoki taxminiy xarid sanasi, do‘kon nomi), shuningdek, tovar bilan birga biror-bir aksessuarlar yoki boshqa qurilmalar sotib olgan-olmaganingizni oldindan eslashga harakat qiling;
  • — tovar va xarid haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zingiz bilan olgan holda servis markazi yoki do‘konga murojaat qiling. Mutaxassis sizning xaridingizni baza (tizim)dan topadi va yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha yechim turlarini taklif qiladi.