Tefal Fresh Kitchen K1220614 pichog'i – hech bir uy bekasi usiz ish tuta olmaydigan sifatli model. Taqdim etilgan asbob mukammal muvozanatlangan konstruksiyaga ega, buning sharofati bilan siz ortiqcha kuch sarflamasdan eng qattiq mahsulotlarni maksimal darajada aniq to'g'ray olasiz. Ishlab chiqaruvchilar ushbu pichoqni tayyorlashda materiallarni sinchkovlik bilan tanlaganlar. Aynan shuning uchun sizda undan foydalanish, uni yuvish va saqlash bilan bog'liq hech qanday muammo tug'ilmaydi. Model nafis qora-yashil dizaynga ega, shu tufayli uni boshqa oshxona anjomlari orasidan tezda topib olishingiz mumkin.
Tefal Fresh Kitchen K1220614 pichog'i sabzavotlarni to'g'rash uchun juda mos keladi. Sabzavotlarni qanday to'g'rashni xohlashingizdan qat'i nazar: kubik shaklida, yupqa doira yoki bo'laklab bo'lsin – taqdim etilgan modeldan foydalansangiz, buni uddalay olasiz. Pichoq tig'i titan va zanglamaydigan po'lat kombinatsiyasidan iborat bo'lib, ular mahsulotga ajoyib mustahkamlik, eskirishga chidamlilik va mislsiz o'tkirlik bag'ishlagan. Tig' sabzavotlarni kesish uchun maqbul bo'lgan 90 mm uzunlikka ega.