Kitfort KT-6833 tosteri binafsharang issiqlik izolyatsiyalangan korpusda ishlangan. Modelda infraqizil qizdirish elementlariga ega 2 ta boʻlinma oʻrnatilgan. Tayyor boʻlgach, non boʻlaklari avtomatik ravishda yuqoriga koʻtariladi va ularni chiqarib olish osonlashadi. \nKitfort KT-6833 tosteri yorugʻlik indikatorli tugmalar bilan jihozlangan. «Muzdan tushirish» funksiyasi muzlatgichdagi nonni tayyorlash uchun moʻljallangan. Sekin muzdan tushirish va undan keyin qovurish taʼm va qarsildoqikni saqlashni taʼminlaydi. «Isitish» funksiyasi sovigan tostlarni ilitish uchun asqotadi. Bekor qilish tugmasi tayyorlashni toʻxtatadi. Burama rostlagich yordamida poʻstloqni qizartirishning 6 ta darajasidan biri oʻrnatiladi. Tosterning pastki qismida uvoqlar uchun olinadigan surilma patnis koʻzda tutilgan.