o'rnatilgan sirena, bola yig'isini aniqlash, hayvonlar detektori, odamlarni aniqlagich
Quvvatlash turi va kuchlanishi
DC 5V/1A
Vandalizmga qarshi
yo'q
O‘lchamlar va og‘irlik
Uzunlik
78 mm
Kengligi
78 mm
Balandligi
115 mm
Vazni
327 g
Tavsif
Bino ichida foydalanish uchun mo'ljallangan Xiaomi Smart Camera C302 IP-kamerasini tokchaga joylashtirish yoki devorga yoxud shiftga mahkamlash oson. Xiaomi Home ilovasida tasvir avtomatik ravishda kerakli tarzda to'ntariladi. Qurilma 2304x1296 piksel (3 MP) ruxsatda video oladi va aniq tasvirni ta'minlaydi. O'ta sezgir sensor tufayli kamera xira yorug'likda ham to'liq rangli tasvirni saqlab qoladi. Qorong'ilik tushganda 6 ta yorug'lik diodiga ega IQ-yoritgich faollashadi: u g'ashga teguvchi qizil nurlanishsiz qorong'ida 10 m gacha masofada oq-qora tasvir beradi.
Buriluvchi mexanizm kamera holatini masofadan boshqarish imkonini beradi: butun xonani qamrab olish uchun uni to'g'ridan-to'g'ri smartfondan gorizontal bo'yicha 360° ga burish va vertikal bo'yicha 107° ga egish mumkin. Barqaror ulanishni Wi-Fi qo'llab-quvvatlashi ta'minlaydi. Xiaomi Smart Camera C302 aqlli datchiklar to'plami bilan jihozlangan: u harakatni, tovushni taniydi, odamlar borligini aniqlaydi va hatto chaqaloq yig'isiga ham munosabat bildiradi. Datchik ishga tushganda begonalarni cho'chitish uchun smartfonga bildirishnoma yuborishni yoki o'rnatilgan sirenani faollashtirishni sozlash mumkin. Ikki tomonlama audio aloqa kamera orqali muloqot qilish imkonini beradi – masalan, bolani tinchlantirish yoki oila a'zolariga ko'rsatma berish. Videoni 256 GB gacha hajmdagi microSD xotira kartasida yoki bulutli xotirada saqlash mumkin.