SONY Alpha ILCE-6700K Kit 16-50mm F3.5-5.6 OSS II ko‘zgusiz fotoapparati magniy qotishmasidan ishlangan qora korpusda ishlab chiqarilgan. Model 1.5 krop-faktorga ega, o‘lchami 23.3x15.5 mm bo‘lgan Exmor R CMOS APS-C matritsasi bilan jihozlangan. Samarali piksellar soni – 26 MP. Bu kadrlarni sifatini yo‘qotmagan holda qirqish va tasvirlarni katta formatda chop etish imkonini beradi. Minimal sezgirlik 100 ga, kengaytirilgan maksimal sezgirlik esa 102400 ga teng. Bu yorqin quyosh ostida va qorong‘ida suratga olish imkonini beradi. SONY Alpha ILCE-6700K Kit 16-50mm F3.5-5.6 OSS II ko‘zgusiz fotoapparatiga 1/8000 dan 30 sek gacha viderjkaga ega mexanik va elektron zatvorlar o‘rnatilgan. Seriyali suratga olishning maksimal tezligi 11 kadr/sek ni tashkil etadi, shuning uchun kameradan harakatlanuvchi obyektlarni muhrlash uchun foydalanish mumkin. Jamlanmada fokus masofasi 16-50 mm bo‘lgan Sony E PZ 16-50mm F3.5-5.6 OSS II obyektivi mavjud. Diafragmaning maksimal qiymati f/3.5-5.6, minimali esa f/22-36 ni tashkil etadi. Bunday parametrlar orqa foni xiralashtirilgan portretlar va aniq panoramali manzaralarni yaratish uchun mos keladi. Avtomatik va uzluksiz fokuslash tizimlari obyektni kadrda ushlab turadi.