380 W so'rish quvvatiga ega ko'k rangli Hyundai HYV-C3377 changyutgichi pollar va uzun tukli gilamlarni tozalashga mo'ljallangan. Bunga suriluvchi cho'tkali nasadka yordam beradi. Burchaklar, tutashgan joylar va boshqa borish qiyin bo'lgan joylarni tozalash uchun tirqishli nasadka ko'zda tutilgan. Model siklonli filtrlash tizimi va HEPA-filtr bilan jihozlangan. Buning sharofati bilan eng mayda chang zarralarini tozalash va havoni allergenlardan tozalashga erishiladi.
Hyundai HYV-C3377 changyutgichi 3.5 litr hajmdagi konteyner bilan jihozlangan: siz chiqindilarni muntazam qoqib tashlashingiz shart bo'lmaydi. Teleskopik so'rish trubkasining mavjudligi tozalashni osonlashtiradi: xona maydoniga qarab trubka uzunligini sozlash mumkin. Agar changyutgich harorati xavfsiz darajadan oshsa, u buzilishning oldini olish maqsadida avtomatik ravishda o'chadi.