Eshikchasi ochilgan holatdagi chuqurligi, DNS'da oʻlchangan
121 sm
Sovutgich eshigi balandligi, DNS'da oʻlchangan
107 sm
Muzlatgich eshigi balandligi, DNS'da oʻlchangan
79 sm
Eshiklar orasidagi masofa, DNSʼda oʻlchangan
1 sm
Butun eshik masofasi, DNSʼda oʻlchangan
187 sm
Tavsif
Muzlatkichli HAIER C2F636CXMVU1 sovutgichi – kumushrang tusdagi model. 364 l umumiy foydali hajm 3-4 kishi uchun oziq-ovqatlarni saqlashga yetarlidir. Sovutish kamerasi vino tagligi hamda katta hajmli idishlar va katta mahsulotlarni joylashtirish uchun yig‘iladigan javon bilan jihozlangan. Muzlatish kamerasidagi to‘rtta tortma mahsulotlarni toifalar bo‘yicha saqlashni tashkil qilish imkonini beradi. Go‘sht, baliq va sabzavotlarning yangiligini muzlatmasdan uzaytirish uchun nol kamerasi ko‘zda tutilgan.
Sozlamalarni smartfondagi ilova orqali masofadan boshqarish mumkin. Siz energiyani tejaydigan «Ta'til» rejimini faollashtirishingiz, tez sovutish va tez muzlatish uchun haroratni sozlashingiz, nol kamerasidagi namlikni boshqarishingiz mumkin. Kichik bola sozlamalarni o‘zgartirib yubormasligi uchun eshikdagi boshqaruv panelini bloklash mumkin. Muzlatkichli HAIER C2F636CXMVU1 sovutgichi muz va qirov hosil bo‘lishining oldini oluvchi No Frost texnologiyasi bilan jihozlangan. Uni qo‘lda muzdan tushirishingiz shart emas. Turmalin moduli bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi, yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi va kameralar ichidagi havoni zararsizlantiradi.