Qizil-qora rangdagi Redmond RI-C283 dazmoli jozibador dizayn va yuqori funksionallikka ega. Bunday dazmol bilan dazmollash jarayoni maksimal darajada qulay va tez bo'ladi, barcha kiyimlar esa mukammal dazmollanadi. 2400 W quvvat hisobiga dazmol tagligi sanoqli soniyalarda qiziydi. BoostGlide texnologiyasi bo'yicha keramikadan tayyorlangan taglik mato ustida oson sirpanadi va ko'plab burmalarni tezda tekislaydi. Sharsimon birikmali uzun shnur (2.8 m) dazmollash jarayonida qurilmaning erkin harakatlanishini ta'minlaydi.
Redmond RI-C283 dazmolidan vertikal bug'lash uchun foydalanish mumkin, bu esa yupqa matodan tikilgan kiyimlarni, shuningdek kostyum yoki paltoni osongina tartibga keltirish imkonini beradi. Suv rezervuariga 340 ml gacha suyuqlik sig'adi, bug' zarbasi kuchi esa 170 g/min ga yetadi. Avtomatik o'chirish tizimi dazmoldan foydalanishni mutlaqo xavfsiz qiladi. Qasmoqqa qarshi himoya va o'z-o'zini tozalash tizimi esa dazmolning ichki detallarida qatlam hosil bo'lishining oldini olib, uning xizmat muddatini uzaytiradi. Tomchilashga qarshi tizim dazmol tagligidagi teshiklardan suv oqib ketishiga yo'l qo'ymaydi.