Hyundai H-BS03686 tarozisi shisha platforma ko‘rinishidagi oq korpusda ishlangan. Bu sezgir datchiklar bilan jihozlangan diagnostik tarozi bo‘lib, u vaznni bor-yo‘g‘i 100 gramm xatolik bilan aniq o‘lchash imkonini beradi. Rezinalangan oyoqchalar tarozining hatto linoleumda yoki vannaxonadagi plitkada ham barqaror turishini ta’minlaydi. O‘lchov natijalarini yirik raqamli displey ko‘rsatadi. U avtomatik tarzda o‘chadi, shuning uchun foydalanuvchidan ortiqcha harakatlar talab etilmaydi.
Hyundai H-BS03686 tarozisi 180 kg gacha yuklamaga bardosh beradi. Asbobning o‘ziga xosligi – o‘lchovlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlashidir. U TMI ni hisoblaydi, suyak va yog‘ to‘qimasi ulushlarini aniqlaydi
Smartfonlar bilan sinxronlash uchun Bluetooth texnologiyasidan foydalaniladi. Ulangandan so‘ng OKOK- International ilovasi yordamida tarozining ishlashini boshqarish mumkin. O‘rnatilgan xotira 8 ta foydalanuvchining o‘lchov natijalarini saqlash imkonini beradi, bu esa tarozini ideal oilaviy modelga aylantiradi.