tashish va saqlash uchun sumka, hujjatlar, o'tkazgich-nasadkalar
Qoʻshimcha ravishda
zarbaga chidamli shisha
O‘lchamlar va og‘irlik
Uzunlik
175 mm
Kengligi
110 mm
Balandligi
155 mm
Vazni
0.86 kg
Tavsif
Daqiqasiga 35 l damlash tezligiga ega MARSHALL MR0100 kompressori yengil avtomobillar, ixcham krossoverlar, mototsikllar va velosipedlar shinalarini damlash uchun ishlatiladi. O'tkazgich-nasadkalar yordamida shishiriladigan qayiqlar, SAP doskalari, matraslar, to'plar va boshqa sport anjomlarini ham damlash mumkin. Analog monometr bosimni kuzatib borish imkonini beradi, ruxsat etilgan maksimal bosimdan oshmaslikka hamda mahsulotlarning yorilishi va deformatsiyalanishining oldini olishga yordam beradi.
MARSHALL MR0100 kompressori 12 V tutatqichdan (prikurivatel) quvvat oladi. 2 m kabel uzunligi old g'ildiraklarga yetib borish uchun kifoya qiladi. Katta avtomobilning orqa g'ildiraklarini damlash uchun uzaytirgich talab qilinishi mumkin. Amortizatsiya tayanchi kompressor ishlaganda paydo bo'ladigan tebranishlar va zarbalarni yutadi. Bu agregatdan foydalanish paytida shovqinni kamaytiradi. Zarbalarga chidamli oyna kuzatuv tuynugi vazifasini bajaradi va ichidagi moy darajasini nazorat qilishga yordam beradi. Sumka ko'chirish va saqlash vaqtida qum va namlikning uskunaga salbiy ta'sir ko'rsatishining oldini oladi.