Tefal Puregliss FV8043E0 dazmoli metallokeramikadan tayyorlangan Durilium Airglide Autoclean tagligi bilan jihozlangan. U kiyimda yaltiroq izlar paydo qilmaydi, yengil sirpanishi va shikastlanishlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. 270 g/min tezlikdagi bug‘ zarbasi g‘ijimlarni samarali tekislash kafolati hisoblanadi.
Tefal Puregliss FV8043E0 dazmoli vertikal bug‘lash rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. U tyul va pardalarni karnizdan yechmasdan buklamalardan xalos qilishga yordam beradi. Purkash tizimi haddan tashqari qurig‘on joylarni namlashni ta’minlaydi. Puxta o‘ylangan shakl taglikka choklar va tugmalar orasidagi matoga yetib borish imkonini beradi. Sharsimon mahkamlash tarmoq simining chalkashib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Avtomatik tozalash texnologiyasi qasmoqni bartaraf qiladi. Dazmol ishlatilmaganda vertikal holatda 8 daqiqadan so‘ng, gorizontal yoki yonbosh holatda esa 30 soniyadan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.