4 yadroli Intel Core i3-12100F OEM protsessori uy yoki ofis uchun universal kompyuter yig‘ishni istagan foydalanuvchilar uchun ajoyib tanlovdir. Modelning unumdorligi namunaviy dasturlar bilan samarali ishlash uchun yetarli. Protsessorning afzalligi – yuqori bazaviy chastota – 3.3 GHz. Turbo rejimida chastota 4.3 GHz gacha ko‘tarilishi mumkin.
Intel Core i3-12100F OEM protsessori katta hajmdagi kesh-xotira bilan ajralib turadi. Unda 5 megabaytli L2 keshi va 12 megabaytli L3 keshi mavjud. Kesh-xotira har qanday operatsiyalarni bajarish tezligiga ta'sir qiladi. Mos keladigan tezkor xotira turlari – DDR4 va DDR5. TX hajmi 128 GB ga yetishi mumkin.
Protsessorning bazaviy TDP ko‘rsatkichi – 58 W. Bu ko‘rsatkich issiqlikni chiqarish qurilmasini tanlashda hisobga olinadi. Model to‘plamiga kuler kiritilmagan. Protsessorning maksimal ishchi harorati – 100 °C.