Oasis P-GEW gazli pishirish yuzasi 0.9 kW, 1.7 kW va 2.9 kW quvvatga ega 4 ta konforkaga ega. Model 3-5 kishilik oilalar uchun mos keladi. Plitada kichik kostryulkalar va standart idishlarda ovqat tayyorlash mumkin. Olovning silliq sozlanishi haroratni turli taomlarga moslashtirish imkonini beradi. Buning sharofati bilan bu yerda dimlash, pishirish, past olovda uzoq qaynatish mumkin.
Oasis P-GEW gazli pishirish yuzasi duxovkadan alohida o‘rnatiladi. Bu uni oshxonaning istalgan qismiga joylashtirish imkonini beradi. Dastakka elektr o‘t oldirgich o‘rnatilgan. U bilan gugurt yoki zajigalkalarni qidirish yoki qo‘l ostida saqlash shart emas – ventil dastasini burish kifoya. Plitani magistral gazga yoki ballonlarga ulash mumkin. Shu sababli modeldan hatto shahar tashqarisida, dala hovlida ham foydalanish mumkin.