Honor Band 6 fitnes-bilaguzugi faol hayot kechiradigan va salomatlik ko'rsatkichlarini kuzatib boradigan inson uchun ajralmas qurilmaga aylanadi. Model 10 ta sport rejimini qo'llab-quvvatlaydi va uyquning davomiyligi hamda sifati, shuningdek, stress darajasi va tiklanish kabi turli ko'rsatkichlarni kuzatish imkonini beradi. Bilaguzukning smartfonlar bilan sinxronizatsiyasi Bluetooth orqali amalga oshadi, shu bilan birga u iOS va Android tizimidagi qurilmalar bilan aloqani qo'llab-quvvatlaydi. Huawei Health ilovasini o'rnatish orqali siz smartfondagi MP3-pleyerini masofadan boshqarish, shuningdek, telefonni qidirish bo'yicha juda foydali funksiyaga ega bo'lasiz. Honor Band 6 ning boshqa funksiyalari orasida taymer, soniyao'lchagich, aqlli uyg'otkich mavjud. Bilaguzuk qora korpusda ishlangan va rezinali sozlanuvchi tasma bilan jihozlangan. Qurilmaning o'z korpusi mustahkam plastikdan tayyorlangan va WR50 standartiga muvofiq himoyani ko'zda tutadi: u suvga muntazam bo'lmagan va tasodifiy tushishlarga bardosh beradi. Quvvatlash uchun magnitli ulagichga ega USB-kabel ishlatiladi.