Tefal Multicook&Bake RK908A32 multivarkasi – mazali kechki ovqat, xushbo'y pishiriqlar, yangi non va boshqa ko'plab taomlarni tayyorlash mumkin bo'lgan universal qurilma. Model 5 l hajmli kosa bilan jihozlangan bo'lib, buning evaziga unda bir vaqtning o'zida barcha oila a'zolari uchun bir necha porsiya tayyorlash mumkin. Sferik shakli hisobiga qalinligi 2 mm bo'lgan Spherical Pro kosasi taom yaxshiroq dimlanishi, sust olovda yetilishi va pishishi uchun issiqlikni butun yuzaga bir tekis taqsimlaydi. Master Bake texnologiyasi tufayli model konstruksiyasida ikkita qizdirish elementi mavjud: yuqoridan va pastdan. Taom xuddi duxovkada tayyorlangandek bir tekis tillarang qobiqqa ega bo'ladi. Tefal Multicook&Bake RK908A32 multivarkasi 19 ta avtomatik dasturni qo'llab-quvvatlaydi, ularning safiga pishiriqlar uchun 4 ta maxsus rejim kiradi. Qurilmada turli xil taomlarni tayyorlash mumkin: sochiluvchan guruchdan tortib uy yogurtigacha. Model jamlanmasiga nafaqat toblash, balki bug'da pishirish uchun ham mos keladigan po'lat patnis kiradi. 1500 W quvvati hisobiga kerakli dastur tanlangandan so'ng tez qizish ta'minlanadi.