Hyundai HD-28RHC perforatori zarbasiz burg‘ulash, zarbali burg‘ulash va o‘yish funksiyalari bilan jihozlangan. Korpusida kerakli ish rejimini tanlash uchun o‘tkazgich joylashgan. 3.2 J zarba kuchi yog‘och, metall, beton va toshda teshiklar hosil qilish unumdorligini ta’minlaydi. Perforatorda bur, koronka va boshqa jihozlarni mahkamlash uchun patron o‘rnatilgan. Vario-Lock funksiyasi patronda zubiloning holatini sozlash imkonini beradi.
Blokirovka funksiyasi asbobning tasodifan yoqilib ketishining oldini oladi. Cheklovchi yordamida materialda hosil qilinadigan teshikning kerakli chuqurligi aniq sozlanadi. Rezinalangan qoplamali asosiy va qo‘shimcha tutqichlar asbobni qulay ushlab turishni kafolatlaydi. Perforator bilan birga almashtiriladigan jihozlar yetkazib beriladi: 3 ta bur, pika va doloto. Saqlash va tashish qulayligi uchun plastik keys ko‘zda tutilgan. Ikki tomonlama izolyatsiya elektr toki urishidan himoya qiladi.