Hyundai HYK-S5509 elektr choynagi elektron boshqaruv paneliga ega bo'lib, uning yordamida isitish haroratini 40 dan 100 °C gacha tanlash mumkin. Butunlay metalldan yasalgan kolba hamda qora plastik va metalldan tayyorlangan korpusning ikki qavatli devorlari 1.5 litrli rezervuardagi suvning tez sovib qolishining oldini oladi. Ishlash rejimi va haroratni displeyda ko'rish mumkin.
Hyundai HYK-S5509 konstruksiyasida o'lchov shkalasi ko'zda tutilgan bo'lib, uning yordamida ichidagi qoldiq miqdorini nazorat qilish mumkin. Avtomatik o'chirish tizimi qaynashdan so'ng, idishda suv bo'lmaganda va model taglikdan olinganda ishga tushadi. Qurilma zanglamaydigan po'latdan yasalgan filtrga ega, shuning uchun qasmoq zarralari ichimlik quyilgan finjonga tushmaydi. 0.75 metrli tarmoq kabelini ixcham saqlash uchun alohida bo'linma mavjud.