2200 W quvvatga ega yashil rangli Tefal FV2C42E0 dazmoli quruq dazmollash, oldindan suv purkash orqali tekislash va vertikal bug'lash uchun ishlatiladi. 120 g/min bug' zarbasiga ega ushbu model yupqa, nozik matolar va o'rtacha qalinlikdagi materiallardagi burmalarni tekislashga qodir. Qurilma yoqilgandan so'ng 30 soniya o'tiboq ishlashga tayyor bo'ladi. Shu sababli, shoshilinch paytlarda, ertalab ish kiyimlarini tezda bug'lash uchun undan foydalanish juda qulay. Keramika taglik har qanday turdagi mato bo'ylab yengil sirpanishni ta'minlaydi. U hatto yupqa materiallarni ham kuydirmaydi va ilmoqlar qoldirmaydi.
Tefal FV2C42E0 dazmoli o'z-o'zini tozalash funksiyasiga ega. Kuchli bug' oqimi yordamida u taglik teshiklaridagi mineral zarrachalar, qasmoq va kirlarni chiqarib tashlaydi. Shu tufayli matolarda keyinchalik zang va oq izlar qolmaydi. Tomchilarga qarshi tizim taglik hali sovuq bo'lib, bug' hosil qila olmagan paytda suv uzatilishini to'xtatib turadi. Bu suyuqlikdan dog'lar va izlar paydo bo'lishining oldini oladi. Sharsimon mahkamlagich tufayli shnur 360° ga erkin aylanishi mumkin. Shu bois dazmol bilan o'ng va chap qo'lda dazmollash qulay.