Xiaomi Pad 6 Wi-Fi plansheti 11" diagonalli IPS ekranga ega qora korpusda ishlangan. Keng ko‘rish burchaklari tufayli tasvir ranglarining aniqligi saqlanib qoladi. 2880x1800 o‘lchamdagi ekran Dolby Vision texnologiyasi hisobiga yanada yorqin va to‘yingan tasvirni namoyish etadi. Qurilmaning yuqori avtonomligini 8840 mAh sig‘imli batareya ta'minlaydi. Planshet Internetda ishlaganda 12 soatgacha va videoroliklarni ijro etishda 13 soatgacha ishlaydi.
Xiaomi Pad 6 Wi-Fi’da ma'lumotlarni saqlash uchun 128 GB berilgan. Tizimning barqaror ishlashi, ravon yuklanishi va yuqori tezkorligini 8 yadroli arxitekturaga ega Qualcomm Snapdragon 870 protsessori ta'minlaydi. 6 GB hajmdagi tezkor xotira bilan birgalikda ishlab, u har qanday kundalik vazifalarni bajaradi va bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovani yuklash imkonini beradi. Bunda tizim sekinlashmaydi. Fazoviy jaranglashni Dolby Atmos texnologiyasi ta'minlaydi. U ovoz sifatini oshirib, realistik sho‘ng‘ish effektini yaratadi.