Kumushrang Tefal Easy Fry Mega EY855D10 aerogrili plastik va metall kombinatsiyasidan iborat korpusda taqdim etilgan. Jamlanmaga 7.5 l hajmli yechiladigan idish kiradi. Uning sig'imi 3-4 kishilik porsiyalar tayyorlash uchun yetarlidir. Yopishmaydigan qoplama pishirish yakunlangach idishni tozalashni osonlashtiradi. Idishni idish yuvish mashinasida yuvish mumkin. Tefal Easy Fry Mega EY855D10 aerogrili 1700 W quvvatga ega. Qurilma boshqaruvi sensorli. O'rnatilgan displeyda pishirish vaqti va harorat aks etadi. Aerogril sakkizta avtomatik ish dasturi bilan jihozlangan: «Fri kartoshkasi», «Tovuq», «Go'sht», «Baliq», «Pitsa», «Krevetkalar», «Sabzavotlar» va «Desert». Foydalanuvchilar qizdirish darajasini 80 dan 200°C gacha bo'lgan oraliqda qo'lda sozlashi mumkin. Aerogril 60 daqiqagacha bo'lgan o'rnatilgan taymer bilan jihozlangan. Qurilmaning ish sikli tugaganligi haqida foydalanuvchilarga ovozli signal xabar beradi.