Gefest PGE 5102-01 0197 kombinatsiyalangan plitasi 4 ta gaz konforkasi va hajmi 55 l bo‘lgan elektr duxovka bilan jihozlangan. U sirlangan po‘lat qoplamali qora korpusda bajarilgan. Tarkibli cho‘yan panjaralar shikastlanishlarga chidamli va turli hajmdagi idishlarni mustahkam ushlab turadi. Konforkalarning uchqundan o‘t oldirilishi alohida tugmani bosish orqali faollashadi.
«Gril» rejimida sershira go‘sht va boshqa mahsulotlarni qarsildoq qobiq bilan tayyorlash mumkin. «Konveksiya» dasturi ventilyator va issiq havoning aylanishi hisobiga taomni bir tekis pishiradi. Gefest PGE 5102-01 0197 plitasining pastki qismida patnislar va boshqa oshxona anjomlarini saqlash uchun mo‘ljallangan tortma joylashgan. Yoritgich duxovkadagi taomlarning pishish darajasini vizual nazorat qilishni ta’minlaydi. Plita bilan birga patnis, panjara va qovurish idishi (jarovnya) yetkazib beriladi.