Pushti rangda ishlangan Smeg TSF01PKEU tosteri "retro" uslubidagi oshxonaga albatta ta'sirchan qo'shimcha bo'ladi. Uning yordamida mazali buterbrodlar uchun nonlarni tezda qovurib olish mumkin. Qolaversa, qovurish darajasi (6 daraja) burama o'chirib-yoqqich yordamida sizning xohishingizga qarab oson sozlanadi. Tosterga bir vaqtning o'zida 2 bo'lak non joylanadi. Kuchli (950 W) qizdirish elementlari ularning tez qovurilishini ta'minlaydi. Avtomatik markazlashtirish esa non bo'laklarining bir tekis qovurilishini ta'minlaydi.
Smeg TSF01PKEU tosterida ilitish rejimi mavjud bo'lib, uning hisobiga nafaqat buterbrodlar uchun nonlarni, balki ba'zi boshqa mahsulotlarni ham (sosiskalar, sirniklar, bulochkalar) ilitish mumkin. Ularni joylashtirish uchun maxsus panjara ko'zda tutilgan. Tosterni o'chirish va tayyor non bo'laklarini ko'tarish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Toster oshxona stol ustida barqaror turishi uchun uning konstruksiyasida rezinalangan oyoqchalar mavjud. Toster shnurini qurilmaning pastki qismida joylashgan maxsus bo'lmaga yashirish mumkin. Buning sharofati bilan toster oshxonada tartibli ko'rinadi.