Scarlett SC-HB42F65 blenderi – oshxonadagi barcha turdagi ishlarni bajarishingiz uchun uchta nasadkaga ega funksional qurilma. Chulg‘ovchi yordamida omlet qorishmasini, kremni tezda ko‘pirtirish mumkin. Mini-maydalagich turli xil taomlarni tayyorlashda yordam beradi: sabzavotlar, go‘sht, yong‘oqlar va boshqa mahsulotlarni maydalaydi. Oyoqcha ko‘rinishidagi botiriladigan qism mahsulotlarni pyure holatiga keltiradi, kokteyllar tayyorlash imkonini beradi.
Scarlett SC-HB42F65 quvvati 700 W ni tashkil qiladi, shuning uchun u har qanday vazifani tezda uddalaydi. Nasadkalarning metall qismlari zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan bo‘lib, bu ularni chidamli qiladi va oson tozalanishini ta'minlaydi. Bir tezlikka ega qurilmani yoqish uchun tutqichdagi katta tugmadan foydalaniladi.