Panasonic ER-GB40-R520 trimmeri — soch va soqolni qulay hamda tez olish uchun zarur bo'lgan qurilma.
Panasonic korporatsiyasi — maishiy elektronika ishlab chiqarish bozoridagi eng qadimgi kompaniyalardan biri. Firma qurilmalari doimo yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadi. Panasonic ER-GB40-R520 firmaning soch olishga mo'ljallangan maishiy texnika sohasidagi ishlanmasi natijasidir. Ergonomik dizayn qurilmadan qulaylik bilan foydalanish imkonini beradi. Qora va qizil ranglar uyg'unligi jozibali ko'rinadi va ko'zga tashlanadi. Qurilma qirqish uzunligini 20 ta rejimdan birida (nasadka bilan 1 dan 10 mm gacha, nasadkasiz - 0.5 mm) sozlash imkonini beradi. Trimmer quvvatlash qurilmasi bilan yetkazib beriladi, o'rnatilgan akkumulyator esa uzoq muddat foydalanishga yetadi. Mashinka o'zini parvarish qilishni yaxshi ko'radigan inson uchun manfaatli xarid bo'ladi.