27" Samsung Odyssey OLED G6 G61SD S27DG612SI kumushrang monitori – o'yin modeli. U diagonali 27 dyuym bo'lgan displey bilan jihozlangan. Qurilma tasvirni 2560x1440 piksel ruxsatida uzatadi va 16:9 klassik tomonlar nisbatiga ega. OLED texnologiyasi bo'yicha matritsa yoritgichi ortiqcha nurlanishlar (zasvetlar) bo'lmasligini ta'minlaydi. Matritsa gorizontal va vertikal bo'yicha 178° ko'rish burchaklariga ega. Buning sharofati bilan tasvir va tuslar istalgan burchakdan qaralganda buzilmaydi. Rang chuqurligi 10 bitni tashkil etadi, bu esa tuslarning aniq uzatilishini ta'minlaydi.
27" Samsung Odyssey OLED G6 G61SD S27DG612SI monitori HDR10+ standarti bo'yicha kengaytirilgan dinamik diapazonga ega. U kontrastlik va rang uzatishni optimallashtirish hisobiga tasvirning realligini ta'minlaydi. 1000000:1 statik kontrastligi monitor to'yingan qora rangni aks ettirishini va tasvirga hajm berishini anglatadi. Ekranning yangilanish chastotasi 240 Hz ni tashkil etadi, buning sharofati bilan dinamik o'yin sahnalarida kadrlar almashinuvi silliq bo'ladi. Adaptiv sinxronizatsiya tizimlari AMD FreeSync Premium Pro va NVIDIA G-SYNC Compatible texnologiyalari bilan taqdim etilgan. Ular o'yin davomida kadrlarning uzilishi, qotib qolishi va kiritish kechikishlarini bartaraf etadi.