TP-LINK Archer AX10 marshrutizatori faol tarmoq uskunalarining keng tanilgan ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqariladi. Qurilma yuqori darajadagi tezkorlikni ta'minlashga yordam beruvchi 1.5 gigagersli protsessor bilan jihozlangan. Marshrutizator ishini nazorat qilish qiyin emas: bu vazifa intuitiv tushunarli indikatsiya paneli tufayli hal etiladi.
TP-LINK Archer AX10 marshrutizatori har ikkala Wi-Fi diapazonini qo'llab-quvvatlaydi. 5 GHz chastotasidagi maksimal tezlik 1201 Mbit/s ga, 2.4 GHz chastotasida esa 300 Mbit/s ga teng. Kuchaytirish koeffitsienti 5 dBi bo'lgan 4 ta tashqi antenna o'rnatilgan. Uzatgich quvvati – 20 dBm. Router uy yoki xonadon katta maydonga yoxud xonalarning murakkab konfiguratsiyasiga ega bo'lgan taqdirda ham keng qamrov zonasini kafolatlay oladi. Simli ulanishni 4 ta gigabitli portlar yordamida amalga oshirish mumkin.
Marshrutizator faqat binolar ichida foydalanish uchun mo'ljallangan. Devorga o'rnatish imkoniyati ko'zda tutilgan. Tabiiyki, routerni har qanday gorizontal yuzaga ham joylashtirishingiz mumkin. Qurilma korpusining gabarit o'lchamlari 260x135x39 mm ni tashkil etadi.