KITFORT KT-9110-1 qo'l bug'latgichi – kiyimlardagi burmalarni tezda yo'qotishda asosiy yordamchingiz bo'lib, buning uchun dazmollash taxtasini yoyish va dazmolni ulash talab qilinmaydi. Oq-binafsha rangli ixcham korpusga ega model 2180 W yuqori quvvatga ega bo'lib, uning hisobiga 45 g/daq intensivlik bilan 160 darajagacha haroratdagi bug' hosil qilishga qodir. Mato fakturasidan qat'i nazar, undagi burmalarda zarracha imkoniyat qolmaydi. Shuningdek, uning afzalligi tez ishga tayyor bo'lishidadir: qurilma tarmoqqa ulangandan keyin 80 soniya o'tgach, siz to'qimachilik buyumlarini tekislashga kirishishingiz mumkin.
KITFORT KT-9110-1 qo'l bug'latgichi bug' yetkazib berish intensivligi va harorati bilan bir-biridan farq qiluvchi beshta ish rejimini nazarda tutadi. Endi siz matoning g'ijimlanganlik darajasi va uning fakturasiga qarab optimal dasturni tanlashingiz mumkin. Rejimni tanlash qulay tugmali boshqaruv paneli orqali amalga oshiriladi. Bak 600 ml toza suvni sig'diradi, bu tufayli siz uni juda tez-tez to'ldirishingizga to'g'ri kelmaydi.