Kitfort KT-6863 tosteri binafsharang naqshli oq korpusda tayyorlangan. Yon panelda yorug'lik indikatorlariga ega boshqaruv tugmalari joylashtirilgan. Non uchun ikkita slot bir vaqtning o'zida ikkita tostni qovurish imkonini beradi. Har qanday o'lchamdagi bo'laklardan foydalanish mumkin: avtomatik markazlashtirish mexanizmi ularning holatini to'g'rilab, nonning kuyib ketishi yoki ichkariga tushib ketishining oldini oladi.
Tosterda yetti xil qovurish darajasi ko'zda tutilgan. Qovurish intensivligini sozlab, har xil turdagi nondan turli ta'mdagi tostlarni tayyorlash mumkin. Isitish funksiyasi tayyor tostlarni qayta isitish imkonini beradi. Agar non muzlatgichda saqlanayotgan bo'lsa, muzdan tushirish funksiyasi sifatini yo'qotmagan holda uni ehtiyotkorlik bilan ilitadi. Muzdan tushirish tugagach, toster avtomatik ravishda qovurishni boshlaydi. Bekor qilish tugmasini bosish orqali pishirish jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin.
Ish tugagandan so'ng toster o'zi o'chadi. Olish oson bo'lishi uchun tostlar avtomatik ravishda yuqoriga chiqariladi. Kichik non bo'laklarini dastakni standart belgidan yuqoriga qo'lda ko'tarib olish mumkin.
Kitfort KT-6863 elektr toki urishidan himoyalangan: yerga ulash (zazemleniye) tufayli tok qisqa tutashuv yuz berganda yerga ketadi. Uvoqlar uchun mo'ljallangan patnis olinadigan bo'lib, uni tozalash juda oson.