508 l sig'imga ega Haier HB18FGWAAARU muzlatkichi oziq-ovqatlarni zaxiraga g'amlab qo'yishni yoqtiradigan har bir xonadon uchun mos keladi. Modelning sovutish bo'lmasi 351 l ga mo'ljallangan bo'lib, to'kilishdan himoyalangan 3 ta katta shisha tokcha, tez buziladigan oziq-ovqatlar uchun tazelik zonasi va biryo'la 2 ta sabzavot hamda mevalar tortmasidan iborat. Hajmi 157 l bo'lgan muzlatish bo'lmasi uy yarim tayyor mahsulotlari, muzlatilgan ko'katlar va mevalarni uzoq muddat saqlash uchun mos keladi. No Frost qoplamasi tufayli ikkala bo'limni ham uzoq vaqt erintirishga to'g'ri kelmaydi, chunki ularning ichida qirov hosil bo'lmaydi.
Modelning elektron boshqaruv tizimi displey va harorat indikatori bilan to'ldirilgan. Haier HB18FGWAAARU muzlatkichining yana bir afzalligi – uning A++ energiya samaradorligi sinfiga mansubligidir. Uyda salmoqli oziq-ovqat zaxiralarini saqlash imkonini bergan holda, qurilma minimal elektr energiyasini sarflaydi. Modelning oyoqlari balandligi bo'yicha sozlanadi.