Eigen Flama EA04 aerogrili taomlarni yog‘ qo‘shishni talab qilmasdan, kuchli issiq havo oqimi yordamida tayyorlaydi. Hajmi 7 l bo‘lgan alyuminiy idish issiqlikni tez va bir tekis taqsimlaydi, ichki yopishmaydigan qoplama esa to‘plangan kirlardan idishni oson tozalash imkonini beradi. Qurilma desertlar, sabzavotlar, steyklar, baliq tayyorlash va mahsulotlarni muzdan tushirish uchun 10 ta dasturga ega. Bug‘ funksiyasiga ega Eigen Flama EA04 harorat va vaqtni sozlashni qo‘llab-quvvatlaydi. «O‘z-o‘zini tozalash» rejimi bug‘ va yuvish vositasi yordamida ketishi qiyin kirlarni yumshatadi. Pazandalik jarayonini kuzatuv oynasi orqali nazorat qilish mumkin. 60 daqiqaga mo‘ljallangan taymer qurilmani avtomatik tarzda o‘chiradi. Ish rejimi, vaqt va haroratni displeyda ko‘rish mumkin. Himoya tizimi idish bo‘lmaganda qurilmaning yoqilishini bloklaydi. Idish va gril panjarasini idish yuvish mashinasida tozalash mumkin.