Braun WK1500WH elektr choynagi zanglamaydigan po'lat va oq plastikdan iborat kombinatsiyalangan korpusda taqdim etilgan. Qurilmaning ochiluvchi qopqog'i rezervuarni suv bilan to'ldirishni va uni qasmoqdan tozalashni soddalashtiradi. Taglikda 360° ga burilishi choynakni stol ustiga qulay joylashtirish imkonini beradi. Braun WK1500WH korpusida ikki tomondan suv sathi indikatsiyasi mavjud. U rezervuardagi suyuqlik hajmini nazorat qilish va uning yo'qligiga yo'l qo'ymaslik imkonini beradi.
Braun WK1500WH elektr choynagi 1.7 l ga mo'ljallangan. 2200 W quvvati tufayli u suvni 3-4 daqiqada qaynatadi. Rapid Boil tizimi 200 ml suvni bor-yo'g'i 45 soniyada qaynatadi. Bu parametr bitta porsiya ichimlik tayyorlash kerak bo'lgan holatda ayni muddao. Choynakning yopiq spirali suvni bir tekis qizdiradi. Yuviladigan filtr g'ubor paydo bo'lishining oldini oladi. Choynak korpusida yoqilganlik indikatsiyasi mavjud. Model xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan – qaynaganda yoki suv bo'lmaganda, shuningdek WK1500WH taglikdan olinganda avtomatik o'chish ko'zda tutilgan. Choynak 15° gacha qiyalikda ham barqarorlikni saqlaydi.