Oq plastikdan tayyorlangan DEXP EK-PW17 elektr choynagi 1.7 l hajmga ega bo'lib, bu 6 finjon issiq ichimlik tayyorlash uchun yetarli. 2200 W quvvat suvni 3-5 daqiqada 100 darajagacha qizdirish imkonini beradi. Zanglamaydigan po'latdan yasalgan yashirin isitish elementi bir tekis qiziydi. Burundagi neylon to'rli filtr krujkaga quyqum (nakip) tushishining oldini oladi. Qayrilib yopiluvchi qulflanadigan qopqoq choynakdan foydalanish vaqtida uning ochilib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Taglikda aylanish choynakni istalgan holatda o'rnatish imkonini beradi. Qizib ketishdan himoya DEXP EK-PW17 ni shikastlanishdan asraydi va uning xizmat muddatini uzaytiradi. Suv sathining o'lchov shkalasi quyilayotgan suv miqdorini aniq nazorat qilishga yordam beradi.