KENSHI Senior 232 uyali telefoni qizil rangli plastik monoblok korpusda tayyorlangan. Qurilma Mini-SIM formatidagi mobil operatorlar kartalarini joylashtirish uchun ikkita slot bilan jihozlangan. Telefonga 2.31 dyuym diagonalli rangli displey va tugmali klaviatura o'rnatilgan. Orqa tomonida surat va video olish funksiyalariga ega 0.08 MP kamera mavjud.
Audio eshitish uchun FM pleyer va MP3 pleyer taklif etiladi. Kamera ostidagi SOS tugmasi tez tibbiy yordam yoki boshqa xizmatni zudlik bilan chaqirish, yaqinlarga belgilangan raqam bo'yicha xabarnoma yuborish imkonini beradi. O'rnatilgan fonarchik kunning qorong'i vaqtida yoritish uchun asqotadi. 1400 mAh sig'imli akkumulyator suhbat rejimida 7 soatgacha avtonom ishlashni ta'minlaydi. KENSHI Senior 232 uyali telefoni barqaror taglikka ega stansiya ko'rinishidagi quvvatlash qurilmasi bilan jihozlangan.