Arktika 3100-20 sovutgich sumkasi kir ko‘tarmaydigan yashil rangda taqdim etilgan. Mahsulot ichki va tashqi tomondan eskirishga chidamli hamda parvarish qilish oson bo‘lgan mustahkam materiallardan tayyorlangan. Shuning uchun sumkaning ichiga to‘kilgan ichimliklar yoki tashqarisidagi tuproq izlarini qanday tozalash haqida bosh qotirishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Arktika 3100-20 mahsuloti 20 l gacha sig‘imga ega bo‘lib, bu piknikka yoki uzoq davom etadigan faol dam olishga ko‘plab ichimliklar va oziq-ovqatlarni olib ketish imkonini beradi. Izotermik konstruksiya va polietilenvinilatsetat ko‘rinishidagi ichki qoplama belgilangan haroratni 52 soatgacha saqlanishini ta’minlaydi. Ergonomik uzun tutqichlarning mavjudligi ham qulay foydalanishga xizmat qiladi.