ORIENT IP-940-MH8AP MIC IP-kamerasi kvartira, do'kon, mehmonxona yoki ofisga o'rnatish uchun mos keladi va vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi. Gumbazli turdagi model kichik o'lchamga va 3840x2160 piksel aniqlikda yuqori sifatli yozuvni ta'minlaydigan 8 MP li CMOS-matritsaga ega. Model 95% gacha namlikka va 55 °C gacha havo haroratiga chidamli bo'lib, bu qurilmadan turli iqlim sharoitlarida foydalanish imkonini beradi.
ORIENT IP-940-MH8AP MIC IP-kamerasi tungi rejimga ega, harakat datchigi tufayli esa faqat alohida lahzalarni yozib olish mumkin. Sozlamalarni maxsus ilova orqali smartfondan boshqarish mumkin. Videoarxiv bulutda saqlanadi, bu esa katta hajmdagi ma'lumotlar uchun qulaydir. Qurilma P2P texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi, bu esa kameraga masofadan ulanish imkonini beradi.