Razer Gigantus V2 (L) gilamchasi stol usti qoplamasining turidan qatʼi nazar, kompyuter sichqonchasi bilan qulay ishlash uchun moʻljallangan. Oʻlchami katta boʻlgan ushbu buyum 45x40 sm maydonni egallaydi va oʻyin qahramonini boshqarishni osonlashtiradi. Maxsus Speed + Control yuqori qatlami kursorning qaltirashi muammosini hal qiladi, keng qamrovli va aniq harakatlarda kontrollerning ishlash aniqligini yaxshilaydi.
Razer Gigantus V2 (L) rezina asos bilan jihozlangan, shuning uchun qoʻlning keskin harakatlarida ham stoldan sirgʻalib ketmaydi. Kir koʻtarmaydigan qora gilamcha har qanday stol yuzasida zamonaviy koʻrinadi. Lakonik dizayni tufayli aksessuar uy va ofis uchun mos keladi.