Polaris PMC 0567AD multivarkasi – katta oila uchun model. Uning asosiy xususiyati yopishmaydigan qoplamali 5 litr hajmdagi katta idishidir. Qora rangda bajarilgan. Qurilma taomnomaning xilma-xil bo'lishiga yordam beradi. Polaris PMC 0567AD'da avtomatik dasturlarning o'zi o'ttiz yettita. Qurilma qaynatish, qovurish, dimlash va hatto desertlarni pishirishni biladi. Osh, sho'rva, yorma, pasta, yogurt, murabbo, bo'tqa va boshqa ko'plab taomlarni tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, «Mening retseptim» funksiyasi o'zingizning sevimli taomingizni kiritish va dasturlash imkonini beradi.
Polaris PMC 0567AD ishga tushirishni kechiktirish taymeri bilan jihozlangan. Har doim mazali issiq nonushta, tushlik yoki kechki ovqat bo'lishini xohlaysizmi? Shunchaki ushbu modelda mavjud bo'lgan vaqtni kechiktirish taymerida kerakli vaqtni tanlang. Belgilangan vaqtga ulgurmayapsizmi? Taom 1440 daqiqa (24 soat) davomida iliq holda saqlanadi.
To'plamga shuningdek bug'pishirgich (parovarka) (parhez taomlarni osongina tayyorlashingiz mumkin), retseptlar kitobi, o'lchov stakani va qoshiq kiradi.