Ko'k rangdagi Kitfort КТ-2263 aerogrili 6.3 l hajmli idish bilan jihozlangan. Unda 2-3 kishilik oila uchun bitta martada kechki ovqat tayyorlash mumkin. 8 ta avtodastur pishirish jarayonini soddalashtiradi. Ushbu rejimlarda pishiriqlar, kartoshka fri, tovuq qanotlari va oyoqlari, go'sht, sabzavotlar, pitssa va baliq tayyorlash uchun oldindan o'rnatilgan sozlamalar mavjud. Shuningdek, siz o'zingizning istalgan retseptingizga moslab vaqt va qizdirish darajasini qo'lda sozlashingiz mumkin. Model 80-200° C oralig'idagi haroratni qo'llab-quvvatlaydi. Bu taomlarni dimlash, toblab pishirish va qovurish imkonini beradi.
Kitfort КТ-2263 aerogrili 60 daqiqalik taymer bilan jihozlangan. Uning yordamida pishirish vaqtini nazorat qilish qulay bo'ladi. Avtomatik o'chish funksiyasi tufayli jarayonni kuzatib turishingiz shart emas. Belgilangan vaqt tugagach, qurilma o'zi o'chadi. Korpusda displey mavjud. Unda dasturlar, vaqt va harorat haqidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. Shuningdek, qurilma holatini nazorat qilish uchun yorug'lik va ovozli indikatsiya ko'zda tutilgan. Ishchi idish yopishmaydigan qoplamaga ega. Minimal miqdorda yog' bilan yoki yog'siz pishirsangiz ham, unga ovqat yopishib qolmaydi. Taomni olish va idishni yuvish qulay bo'lishi uchun u oson yechiladi. Model korpusi ikki qavatli germetizatsiyaga ega va elektr toki urishidan himoyalangan. Foydalanish vaqtida aerogril 50 dB shovqin chiqaradi. Buni muzlatkichning ishlashi yoki sokin suhbat bilan taqqoslash mumkin.