Haier HW60-BP12959B kir yuvish mashinasi bir vaqtning o‘zida 6 kg gacha kiyimlarni yuvish uchun mos keladi. Buning uchun u 12 ta ish dasturiga ega, ular orasidan har qanday kiyim uchun mosini tanlash mumkin. Matoni hatto eski dog‘lardan ham tozalash uchun unga bug‘ bilan ishlov berish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan parametrlar svetodiodli displeyda aks etadi. Kir yuvish vositalari miqdori avtomatik belgilangani kabi, kiyimlar ham avtomatik tortiladi.
Haier HW60-BP12959B kir yuvish mashinasining yana bir afzalligi – uning yuqori tejamkorligidir. U 42.9 l dan ko‘p bo‘lmagan suv sarflaydi va A+++ energiya samaradorligi sinfiga kiradi. Mashina suv sizib chiqishidan va kuchlanish o‘zgarishlaridan himoyalangan, bu esa undan foydalanishni mutlaqo xavfsiz qiladi. Bolalardan himoya blokirovkasi bola ish dasturi sozlamalarini o‘zgartira olmasligini ta'minlaydi.