Oilangizda har bir nonushta turli xil masalliqlar qo'shilgan non-bulka mahsulotlarini tatib ko'rish bilan kechadimi? Unday bo'lsa, oshxonangizda 8 xil qovurish darajasiga ega Braun HT101WH tosteri uchun munosib joy topiladi, ularni tanlash mexanik boshqaruv paneli yordamida amalga oshiriladi. Tasodifan noto'g'ri funksiyani o'rnatib qo'ydingizmi? Tushkunlikka tushishga hojat yo'q – shunchaki bekor qilish tugmasini bosing.
Braun HT101WH tosteri sevimli mahsulotlaringizni qizartirib qovurish, shuningdek, ishtahabaxsh kruassanlarni muzdan tushirish yoki bulochkalarni ilitishni ham uddalaydi. Birinchi darajali plastikdan foydalangan holda tayyorlangan korpus termoizolyatsiyalangan – shu tariqa, qizdirilgan asbobga tasodifan teginganda qo'llarning nozik terisini kuydirib olish xavfi bo'lmaydi. Ushbu uy yordamchisi har bir non yoki baton bo'lagini bir tekisda qovuradi, chunki unda avtomatik markazlashtirish funksiyasi paydo bo'lgan. Uning konstruksiyasida tarmoq shnurini keyinchalik joylashtirish uchun sig'imli bo'lma ko'zda tutilgan.