EZVIZ C6 (4MP) IP-kamerasi – uyda foydalanish uchun ixcham va qulay qurilma. Model siz yo'qligingizda bolalarni, uy hayvonlarini nazorat qilish yoki uyni qo'riqlash uchun mos keladi. Intellektual tizim harakatlarga darhol munosabat bildiradi va 2560x1440 piksel ruxsatda yozishni faollashtiradi. Linza hatto yetarli darajada yoritilmagan sharoitlarda ham eng mayda tafsilotlarni va yorqin tabiiy ranglarni uzatadi. Model tungi suratga olish imkoniyatiga ega, buning sharofati bilan xonani nazorat qilish kechayu kunduz amalga oshirilishi mumkin.
EZVIZ C6 (4MP) IP-kamerasi tasvirni sifatini yo'qotmagan holda avtomatik ravishda 4 baravarga kattalashtirishi va harakatlanuvchi obyektni kuzatishi mumkin. Boshqarish uchun mobil ilovadan foydalanish va videoni real vaqt rejimida kuzatish mumkin. Shovqin darajasi o'zgargan taqdirda, jumladan signalizatsiya ishga tushganda, bola yig'laganda telefonga bildirishnoma keladi. Ovozni aniqlash qurilmadan 10 metr masofada ishlaydi.