6 yadroli Intel Core i5-9500F OEM protsessori juda ommabop i5 lineykasining vakillaridan biridir. Qurilma o‘zida benuqson ishonchlilik, yuqori unumdorlik va kam energiya sarfini mujassam etadi. Protsessor yuqori murakkablikdagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan universal uy va ofis kompyuterlarini butlash uchun mos keladi.
Intel Core i5-9500F OEM protsessori 3000 MHz asosiy chastotasi bilan tavsiflanadi. Turbo rejimdagi maksimal chastota 4400 MHz ga teng. L3 kesh-xotira hajmi – 9 MB. O‘rnatilgan video yadrosi mavjud emas. Kuler ham yo‘q. Sovutish moslamasini protsessorning 65 W ni tashkil etuvchi TDP ko‘rsatkichidan kelib chiqib tanlash lozim.