Oq rangli REDMOND KG254 elektr choynagi 1.5 l hajmga ega. Ushbu miqdordagi suv taxminan 5–6 finjon choy yoki kofe tayyorlash uchun yetarli. Matli issiqlikka chidamli plastik korpus ichiga shisha kolba joylashtirilgan, buning evaziga choynak termos funksiyasini bajarishi mumkin. Qurilmaning ikki qavatli devorlari suvni uzoqroq vaqt issiq saqlaydi. Shu bilan birga, korpusning tashqi yuzasi qizib ketmaydi, bu esa kuyish xavfini yo'qotadi. Isitish elementi choynak tubida, zanglamaydigan po'latdan yasalgan plastina ostida yashiringan. Bu suv qaynashidagi shovqin darajasini pasaytiradi.
REDMOND KG254 elektr choynagida qurilma ishining indikatori funksiyasini bajaruvchi korpusning LED yoritgichi ko'zda tutilgan. O'lchov shkalasining mavjudligi choynakdagi suv miqdorini va yana qancha quyish kerakligini aniq belgilash imkonini beradi. STRIX kontrolleri suv qaynaganda, taglikdan olinganda yoki ichida suv bo'lmaganda choynakning avtomatik o'chishini ta'minlaydi. Taglikdagi markaziy kontakt joylashuvi tufayli elektr choynakni uning ustida istalgan tomonga aylantirish mumkin.