Haier C2F636CFRG muzlatgichi sabzavot va mevalarning uzoq muddat saqlanishiga yordam beradigan maxsus soflik zonasiga ega. Qurilmaning ikkala kamerasidagi joriy haroratni ko'rsatib turuvchi funksional displeyning mavjudligi ham ushbu maishiy yordamchining shubhasiz afzalligi hisoblanadi. Ko'p miqdordagi mahsulotlarni ixcham saqlash uchun bir nechta tokchalar, shuningdek shishalar va tuxumlar uchun tagliklar ayni muddao bo'ladi.
Haier C2F636CFRG modelida No Frost texnologiyasi qo'llanilganligi sababli, uni muzdan tushirish zarurati yo'qligi har bir uy bekasiga ma'qul keladi. Ushbu muzlatgichda ko'zda tutilgan bloklash funksiyasi yosh bolalar o'rnatilgan ish parametrlarini o'zgartira olmasligini kafolatlaydi. Elektr energiyasi uzilib qolganda sovuqni avtonom saqlash funksiyasi esa barcha mahsulotlarning bir sutka davomida yangi va xushbo'y saqlanishiga xizmat qiladi.