Dahua DH-IPC-HFW2230SP-S-0360B-S2 IP-kamerasi IP67 toifasi bo'yicha himoyalangan, past va yuqori haroratlarga, 95% gacha yuqori namlikka chidamli metall korpusga joylashtirilgan. Model universal bo'lib, xonada va ko'chada o'rnatilishi mumkin. Qurilma videokuzatuv, mulkni himoya qilish hamda hududga yoki obyektga begona shaxslarning kirishining oldini olish uchun mo'ljallangan. Kamerada harakatni aniqlash funksiyasi ko'zda tutilgan, texnologiya faqat ko'rish zonasida harakatlanuvchi obyekt mavjud bo'lganda tasvirga olishni faollashtiradi va shu orqali elektr energiyasini tejaydi.
Dahua DH-IPC-HFW2230SP-S-0360B-S2 IP-kamerasi CMOS Progressive Scan 1/2.8” matritsasi bilan jihozlangan, obyektiv 1920x1080 nuqta ruxsatida oq-qora va rangli tasvirni suratga olishga qodir. Kamera vizual xalaqitlarsiz aniq, yorqin tasvirni uzatadi, infraqizil yoritgich tufayli esa u qorong'ida 30 m radiusda videoga olishi mumkin. Modelda tungi suratga olishda shovqinlarni avtomatik ravishda bartaraf etuvchi Starlight opsiyasi ko'zda tutilgan. Qurilmadagi ma'lumotlarni 256 GB gacha hajmdagi xotira kartasida saqlash yoki himoyalangan bulutga uzatish mumkin.