Tashqi IP-kamera Tiandy TC-C32SS I3/A/E/Y/M/C/H/2.7-13.5mm/V4.0 videoni oq-qora va rangli formatda 1920x1080 ruxsatda yozib oladi. 25 kadr/sek maksimal kadrlar chastotasi videoda mayda detallarni qayd etish imkonini beradi. Kontrastlik, ranglarning to'yinganligi va boshqa parametrlarni yaxshilash uchun 3D-DNR, BLC, HLC, ROI, WDR va "tumanga qarshi" texnologiyalari qo'llaniladi. Kameraning gorizontal bo'yicha ko'rish burchagi 102.9° dan 31.4° gacha, vertikal bo'yicha esa 55-17.9° oralig'ida sozlanadi. Burilish burchagi 340° ni tashkil etadi. Shuningdek, qurilma 30 m masofali infraqizil yoritgich bilan jihozlangan bo'lib, buning sharofati bilan qorong'ida tasvirga olishda tasvirning aniqligi ta'minlanadi.
Tiandy TC-C32SS I3/A/E/Y/M/C/H/2.7-13.5mm/V4.0 IP-kamerasi EasyLive Plus mobil ilovasi yordamida boshqariladi. Qurilmani ulash uchun RJ45 ulagichi ko'zda tutilgan. Kameraning soz ishlashi -40° dan 60° C gacha bo'lgan ish harorati oralig'iga rioya qilinganda kafolatlanadi.