Tefal G713SB45 Daily Cook idishlar to'plami bekalar uchun oshxonada ajralmas yordamchiga aylanadi. Ushbu to'plam butun oilangiz uchun eng mazali taomlarni tayyorlashga mo'ljallangan 11 ta eng zarur buyumni o'z ichiga oladi: diametri 28 sm bo'lgan tova, foydali hajmi 3 va 5.2 l bo'lgan ikkita qozon, sig'imi 1.5 l bo'lgan sous idishi, sanchqi, cho'mich, ko'pirtirgich, qoshiq va kurakcha, shuningdek diametrlari mos ravishda 20 va 24 sm bo'lgan ikkita qopqoq. Idishlar to'plami barcha turdagi isitish elementlari, jumladan induksion plitalar bilan ishlatishga mos keladi.
Tefal G713SB45 Daily Cook idishlar to'plami mahsulotlarga har qanday ishlov berish: qovurish, qaynatish, dimlash va pishirish uchun mo'ljallangan. Qozonlarning tutqichlari issiqqa chidamli materialdan tayyorlangan va uzoq vaqt issiqlik ta'sirida qizib ketmaydi. Tova kuyishga qarshi qoplamaga ega bo'lib, aralashtirish uchun buyumlar – qoshiq va kurakcha uni saqlashga yordam beradi. Ular nafaqat tova va boshqa anjomlarning xizmat muddatini uzaytiradi, balki taomlarning barcha ta'm xususiyatlarini saqlab qoladi, hidni o'ziga singdirmaydi va oson yuviladi.