Xiaomi Redmi Pad SE Wi-Fi 256 GB plansheti quloqchinlar uchun mini-jack 3.5 mm va quvvatlash uchun USB Type-C ulagichlariga ega yashil metall korpusda taqdim etilgan. Dolby Atmos qo'llab-quvvatlanuvchi 4 ta dinamik fazoviy tovush effektini yaratadi. Hi-Res Audio sertifikatiga ega planshet 44,1 kHz dan yuqori chastotali va 16 bitdan yuqori tovush razryadligiga ega audioformatlarni qayta ijro etadi. 1920x1200 dpi aniqlikdagi 11 dyuymli displey yorqin va aniq tasvirni ko'rsatadi.
OTG texnologiyasi Xiaomi Redmi Pad SE Wi-Fi 256 GB ga jamlagichlar, sichqoncha va klaviatura, raqamli fotoapparatlar va boshqa USB-qurilmalarni ulash imkonini beradi. 8 GB tezkor xotiraga ega 8 yadroli protsessor Android OT va o'rnatilgan ilovalarning yuklanishini tezlashtiradi. 256 GB o'rnatilgan xotira audio va videofayllar, fotosuratlar kataloglari va boshqa ma'lumotlarni saqlash uchun yetarlidir.